2019 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi korxona ishchisi CH.H. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3 fevral kuni soat 23:30larda 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda uning uyiga bostirib kirib, pul talab qilganini va tan jarohati yetkazib, 1 000 000 so‘m puli va 2 000 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi N.M. (ismli ayol), E.J., M.T., va K.G.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.