Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Chilonzor tumanida talonchilar qo‘lga olindi

A A A
Chilonzor tumanida talonchilar qo‘lga olindi

Shu yil 19 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumanida shu tumanda yashovchi R.H.ni boshiga urib, qo‘lidagi ichida pullari, iPad mobil telefoni, plastik kartochkalari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumanida yashovchi R.D., Sergeli tumani Sputnik 9-dahada yashovchi J.G. va Sputnik 4-dahada yashovchi Ye.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 10:44 23.01.2019. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik