Seysmologlar Chilida 5,6 magnitudali zilzila qayd etdi.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, yer silkinishlarining episentri mamlakat poytaxti, taxminan 4,8 million aholi istiqomat qiluvchi Santyago shahridan 39 km shimoli-sharqda joylashgan. Manba 104 km chuqurlikda joylashgan.