Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chexiya tezlikni 150 km/soatgacha cheklamoqchi

Chexiya tezlikni 150 km/soatgacha cheklamoqchi

Chexiyada avtomobil yo‘lining bir qismida ruxsat etilgan tezlikni tajriba tariqasida oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Bild.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Tabor va Cheske-Budeivise shaharlari oralig‘idagi 50 kilometrlik yo‘lda haydovchilar 150 km/soatgacha tezlashishi mumkin bo‘ladi.

Yangi tezlik tartibini sinov tariqasida joriy etish sentyabr oyining oxiriga mo‘ljallangan. “150 km/soat” cheklovli elektron belgilar faqat qulay ob-havo sharoitida va yo‘llar bo‘sh bo‘lganda faollashtiriladi. Yomg‘ir, qor yoki boshqa noqulay ob-havo sharoitlarida tizim avtomatik ravishda ruxsat etilgan tezlikni 20 km/soatga pasaytiradi.

Hozirda Chexiya avtomobil yo‘llarida umumiy tezlik chegarasi 130 km/soatni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, bunday tajribalar Yevropada avval ham o‘tkazilgan: Avstriyada Vena va Zalsburg oralig‘ida 2018 yildan 2020 yilgacha 140 km/soatgacha bo‘lgan cheklovlar sinovdan o‘tkazilgan, biroq loyihani o‘sha paytdagi iqlim ishlari vaziri Leonora Gevessler karbonat angidrid chiqindilari ko‘payishi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 21:35 19.08.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!