Chexiya prezidenti Petr Pavelning aytishicha, Praga yaqin vaqt ichida Kiyevga uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan jangovar samolyotlarni yetkazib berishga tayyor.
"Chexiya Respublikasi nisbatan qisqa vaqt ichida uchuvchisiz uchoqlarga qarshi kurashda juda samarali bo‘lgan bir nechta o‘rta jangovar samolyotlarni yetkazib berishi mumkin," - deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Pavelning qo‘shimcha qilishicha, Chexiya Ukrainaga erta ogohlantirish tizimlari, jumladan, passiv radarlar ham yetkazib berishi mumkin.