Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Chexiya polisiyasi ish haqqining kamligiga qarshi namoyish o‘tkazmoqda

Chexiya polisiyasi ish haqqining kamligiga qarshi namoyish o‘tkazmoqda

Chexiya polisiyasi xodimlari ish haqini oshirish talabi bilan norozilik namoyishini boshladi. Bu haqda Chexiyaning Idnes axborot portali xabar bermoqda.

8 noyabrgacha davom etadigan norozilik belgisi sifatida minglab polisiyachilar fuqarolardan jarima undirmaydi. Xususan, polisiya tomonidan jarima solinmaydigan huquqbuzarliklar qatoriga avtomashinani ruxsat etilmagan joyda to‘xtatish, mashina harakatlanayotganda faralarni o‘chirish, motosiklchilarda dubulg‘aning yo‘qligi, unutilgan hujjatlar, aholi gavjum joylarda tungi sukunatni buzish, va hokazo.

Namoyishchilarning ta’kidlashicha, mablag‘ yetarli bo‘lmagani uchun polisiya xodimlari keskin tanqislikka duch kelmoqda. Xususan, ish haqining pastligi ko‘plab yangi xodimlarning ish kuchiga qo‘shilishining dastlabki bir necha yilida ketishiga olib keladi. "Bizning maoshlarimiz masxara", deydi polisiya.

Kiritildi: 17:42 04.11.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!