Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Chet elga chiqish uchun “SOVID-19ga chalinmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin?

Chet elga chiqish uchun “SOVID-19ga chalinmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin?

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yet elga chiquvchi shaxslarga polimer zanjirli reaksiya (PZR) usulida tekshirilgan tahlil natijasi manfiy chiqqanini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomalar berish jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida qator tibbiyot muassasalariga, xususan, xususiy tibbiyot tashkilotlariga Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xati asosida, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli buyrug‘i bilan  xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilayotgan ma’lumotnomalar yagona shaklga keltirilmoqda.

Mazkur ma’lumotnomalardan vaqtinchalik foydalaniladi. Ular chegara nazorat punktlariga to‘lov kvitansiyasi bilan birga taqdim etilgandagina haqiqiy hisoblanadi. Bu choralar ma’lumotnomalarni soxtalashtirishning oldini olishi bilan ham  ahamiyatlidir.

Ushbu jarayon bilan parallel ravishda tahlil natijalari bosqichma-bosqich shtrix-kod (QR-kod) orqali o‘qiladigan elektron dasturga o‘tkazib boriladi. Natijalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi Transport vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi. 

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasini PZR usulida tekshirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkilotlari va xususiy tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim omil bo‘ladi.
 

Kiritildi: 11:41 22.10.2020. O'qildi: 2144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!