Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Chempionlar ligasi umumiy bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar aniqlandi

Chempionlar ligasi umumiy bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar aniqlandi

Bugun, 27 avgust kuni, Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Ularning natijalariga ko‘ra, Yevropa kubogining asosiy turnirida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Oxirgi yo‘llanmalar egasi bo‘lgan to‘rt klub: Ozarbayjonning «Qarabog‘», Belgiyaning «Bryugge», Portugaliyaning «Benfika» hamda Daniyaning «Kopengagen» jamoalari bo‘ldi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatnashadigan jamoalar ro‘yxati:

Angliya: «Liverpul», «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi», «Tottenhem Xotspur», «Nyukasl Yunayted»
Italiya: «Napoli», «Inter», «Atalanta», «Yuventus»
Ispaniya: «Barselona», «Real», «Atletiko», «Atletik», «Vilyarreal»
Germaniya: «Bavariya», «Bayer», «Ayntraxt» Frankfurt, «Borussiya» Dortmund
Fransiya: «PSJ», «Marsel», «Monako»
Niderlandiya: PSV, «Ayaks»
Portugaliya: «Sporting», «Benfika»
Belgiya: «Yunion», «Bryugge»
Turkiya: «Galatasaray»
Chexiya: «Slaviya»
Gresiya: «Olimpiakos»
Qozog‘iston: «Qayrat»
Norvegiya: «Budyo-Glimt»
Kipr: «Pafos»
Ozarbayjon: «Qarabog‘»
Daniya: «Kopengagen»

UYEFA Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqich qur’a tashlash marosimi 28 avgust, payshanba kuni soat 21:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:27 28.08.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!