Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chelyabinskka o‘zbek xurmosi ortilgan 10 ta fura kiritilmadi

Chelyabinskka o‘zbek xurmosi ortilgan 10 ta fura kiritilmadi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga o‘zbek xurmosi ortilgan o‘nta fura kiritilmadi, deb xabar berdi Sputnik.

Qayd etilishicha, xurmo O‘zbekiston va Tojikistondan olib borilgan edi. Haydovchilarning yonida zarur sertifikat, shuningdek xurmolar joylashtirilgan qutilarda mahsulot turi va qaysi mamlakatda yetishtirilgani haqidagi ma’lumotlar bo‘lmagan.

Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan nazorat qilish qo‘mitasi inspektorlari xurmo olib kirayotgan haydovchilarga jarima yozgan.

Kiritildi: 16:38 14.11.2018. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!