Rossiyaning Chelyabinsk shahrida tojikistonliklar kompyuter o‘yinida janjallashib qolgan o‘smirni pichoqlab o‘ldirdi.
Tojikistonlik yigitlar kompyuter klubiga tashrif buyuruvchi mahalliy yigitlar bilan uzoq vaqtdan beri bezorilik qilishgan va o‘yin davomida tez-tez janjallashgan.
Xaqoratlangan tojikistonlik yigit o‘rtoqlariga qo‘ng‘iroq qilib, uni haqorat qilganni topishga qaror qildi. Ko‘chada raqiblar to‘qnash kelishdi. Muhojir yigitga pichoq bilan hujum qilgan, uning yuragiga ikkita va jigariga bitta zarba berilgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga ketayotganda vafot etgan.