Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Cheklov kesishga, ekishga emas...

A A A
Cheklov kesishga, ekishga emas...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi va Toshkent viloyati Xalq qabulxonasining xodimlari 23-24 sentyabr kunlari o‘zlariga biriktirilgan hududda 100 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlarni ekib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bundan tashqari “O‘simliklar karantini va himoyasi davlat agentligi” hududiy bo‘linmasidan taklif etilgan mutaxassislarning tavsiyalari asosida mavjud barcha daraxt va butalarga ishlov berilishi ta’minlandi.

Kuzgi mavsum davomida xodimlar tomonidan biriktirilgan hududda yana qo‘shimcha ravishda 50 tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilmoqda.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati

Kiritildi: 15:11 27.09.2023. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!