Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Checheniston rahbari mintaqa miqyosidagi saylovlar bo‘yicha rekord natijani qayd etdi

Checheniston rahbari mintaqa miqyosidagi saylovlar bo‘yicha rekord natijani qayd etdi

Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov saylovda 99,7 foiz ovoz olib, mintaqa miqyosida o‘tkazilgan saylovlar bo‘yicha rekord natijani qayd etdi.
Xalqaro rekordlarni qayd etuvchi “Interrekord” agentligi ma’lumotiga qaraganda, rekordchi saylovlarda foiz hisobidagi olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichli ovozni olgan.

Respublikada saylovchilar ishtiroki 94,42 foizni tashkil qilgan. Qodirovni 711 ming 973 nafar chechenistonlik qo‘llab-quvvatlagan. Boshqa nomzodlar Xalid Nakayev va Isa Xojimuradov mos ravishda 0,12 foiz va 0,15 foiz ovoz olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qodirov 2007 yildan buyon respublikani boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 10:44 27.09.2021. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!