Braziliyada adashib chaqaloqni o‘lgan deb o‘ylashdi va dafn etishdi. Biroq oradan sakkiz soatlar o‘tgach, shu yerdan o‘tib ketayotgan 2 polisiyachi qabristondan yig‘i ovozini eshitishgan va go‘dakni qabrdan qazib olishgan. Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.
Polisiyachilar chaqaloqni zudlik bilan shifoxonaga olib borishgan. Hozirda go‘dakning salomatligi butkul tiklangan.
Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqning onasi asli hindistonlik 15 yashar qiz bo‘lib, chaqaloq tug‘ilganida yig‘lamagani uchun uni o‘lgan deb hisoblagan ekan.