Chad markazidagi Mongo qamoqxonasidan qochishga uringan to‘rt mahbus halok bo‘ldi.
Bu haqda Xinhua agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonadagi yomon sharoitga qarshi namoyish chog‘ida qurol-yarog‘ yashirincha olib kelingan. Keyin mahbuslar fursatdan foydalanib, qamoqdan chiqib ketishdi.
Mahalliy xavfsizlik rasmiylarining aytishicha, voqeada to‘rt mahbus halok bo‘lgan, bir necha qamoqxona qo‘riqchisi yaralangan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, 130 dan ortiq mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan.