Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bo‘zsuvda cho‘kayotgan fuqaro qutqarildi

A A A
Bo‘zsuvda cho‘kayotgan fuqaro qutqarildi

Bugun, 10 iyul kuni soat 14:51 da Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi Navbatchi-dispetcherlik xizmatining “101” qisqa raqamiga Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasi “Orzu” kafesi oldidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanalida fuqaro cho‘kib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvilari yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyosizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Kiritildi: 17:14 10.07.2023. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!