Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Buzilayotgan binolarning bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

Buzilayotgan binolarning bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

2025 yil 1 maydan boshlab, O‘zbekistonda qurilish jarayonlari to‘liq onlayn shaklda, «Shaffof qurilish» tizimi orqali boshqariladi.

Bu tizim qurilishni boshlashdan tortib, foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.

Ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga topshirishda faqat Qurilish nazorati inspeksiyasi va yong‘in xavfsizligi organlarining ruxsati talab qilinadi. Shuningdek, ilgari majburiy bo‘lgan texnik tekshiruv bekor qilinadi.

2025 yil 1 martdan boshlab, eski uylarni yangilash (renovasiya) yangi tartib asosida amalga oshiriladi. Buning uchun barcha uy egalari notarial tasdiqlangan kelishuv imzolashi kerak.

Ular quyidagi 3 ta kompensasiya shaklidan birini tanlashlari mumkin:

— Yangi qurilgan uydan xuddi shunday maydonga ega kvartira olish (vaqtincha ijarada turish xarajatlari qoplanadi);

— Uy va boshqa mulklarining bozor qiymatini to‘liq miqdorda olish;

— Quruvchi bilan kelishilgan boshqa turdagi kompensasiya olish.

Kiritildi: 16:42 24.02.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!