Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniyada bosh vazirga aloqador uylarning yoqib yuborilishi ortida Rossiyaning ehtimoliy aloqasi tergov qilinmoqda

 Buyuk Britaniyada bosh vazirga aloqador uylarning yoqib yuborilishi ortida Rossiyaning ehtimoliy aloqasi tergov qilinmoqda

Bu haqida Financial Times xabar berdi.

"Britaniyalik amaldorlar yong‘inlarda gumon qilinayotgan shaxslar Rossiya tomonidan yollangan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda", — deya xabar berdi nashr manbalari.

Ularning aytishicha, agar bu gumon tasdiqlansa, Buyuk Britaniyaning qanday javob choralari ko‘rishi ham muhokama qilinmoqda. Hukumat vakillaridan biri hozircha voqeaga oid turli versiyalar ko‘rib chiqilayotganini va ularning hech biri inkor etilmaganini ma’lum qilgan.

Financial Times'ning qayd etishicha, hatto Buyuk Britaniya hukumati ushbu yong‘inlar Rossiya bilan bog‘liq degan xulosaga kelsa ham, bu bevosita Kreml buyrug‘i asosida amalga oshirilganini bildirmasligi mumkin.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan bog‘liq mulklarga o‘t qo‘yish gumoni bilan Londonda ikki nafar Ukraina fuqarosi va bir nafar Ruminiya fuqarosi hibsga olingan. Ular 8 maydan 12 maygacha bo‘lgan davrda bosh vazirga aloqador avtomobil, shaxsiy uy va ilgari Starmer yashagan uyga o‘t qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.

Kiritildi: 15:43 24.05.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!