Rossiya va Ukraina o‘rtasida potensial tinchlik kelishuviga AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin bir necha hafta ichida erishilishi mumkin.
Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi BBC Radio 4ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U 21 yanvar kuni kelishuvga erishish “ehtimoli yo‘q” ekanini aytib, Rossiya hali muzokaralarga tayyor emasligini qo‘shimcha qildi.
"Donald Tramp hali lavozimda emas. Oxirgi bir necha kun davomida kuzatganimga ko‘ra, u 21 yanvarda kelishuvga erishiladi degan fikrdan biroz chekinayotganining alomatlari bor. Menimcha, hozir buning ehtimoli kamroq. Va biz vaqt jadvali "Pasxaga bir oz o‘zgarganini" eshitmoqdamiz", dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Sky News telekanali o‘z manbalariga tayanib, urush 20 aprelgacha yakunlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq urush 2025 yilda tugashiga umid qilayotganini aytgan edi.