Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiya razvedkasi xakerlarini Ukraina va Yevropaning boshqa davlatlaridagi chegara punktlaridagi videokameralarni buzishda aybladi

 Buyuk Britaniya Rossiya razvedkasi xakerlarini Ukraina va Yevropaning boshqa davlatlaridagi chegara punktlaridagi videokameralarni buzishda aybladi

Bu haqida The Guardian xabar qildi.

London ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya razvedkasining (GRU) APT 28 yoki Fancy Bear nomi bilan tanilgan xakerlar bo‘linmasi chegara nazorati kameralarini buzishga uringan.

"Bundan maqsad G‘arb davlatlarining Ukrainaga yuborayotgan yordamini kuzatish va yetkazib berish jarayoniga xalaqit berish bo‘lgan", deb yozadi The Guardian.

Shuningdek, rossiyalik xakerlar Yevropa davlatlaridagi muhim harbiy ob’ektlar va temiryo‘l stansiyalari yaqinidagi kameralarga ham kirishga harakat qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum 10 mingta kameraga qaratilgan bo‘lib, ularning 80 foizi Ukrainada, 10 foizi Ruminiyada, 4 foizi Polshada, 2,8 foizi Vengriyada va 1,7 foizi Slovakiyada joylashgan. Qolgan kameralarning joylashuvi oshkor qilinmagan.

Buyuk Britaniya rasmiylarining ma’lum qilishicha, GRU xakerlari 2022 yildan beri NATO mamlakatlaridagi davlat va xususiy tashkilotlarga qarshi zararli kiberkampaniya olib bormoqda. Ular pornografik materiallar va soxta hujjatlar bilan fishing xatlari yuborib, tizimlarga kirish uchun parollarni o‘g‘irlagan.

Buyuk Britaniyaning Milliy kiberxavfsizlik markazi Ukrainaga yordam yetkazish bilan shug‘ullanayotgan xususiy kompaniyalarni “zudlik bilan xavfsizlik choralarini ko‘rishga” chaqirmoqda.

Kiritildi: 14:33 22.05.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!