Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya parchalanadi(mi?)

A A A
Buyuk Britaniya parchalanadi(mi?)

Dushanba kuni o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Shotlandiya saylovchilari mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashadi va ular kelgusi ikki yil ichida yana bir referendum o‘tkazilishini istashadi. Shundan quyidagicha xulosa kelib chiqadiki, Yevropa Ittifoqidan chiqib ketgandan keyin qisqa vaqt ichida Buyuk Britaniya parchalanishi mumkin.

Maykl Ashkroft tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan 1019 shotlandlarining 46 foizi mustaqillik uchun ovoz berishlarini va 43 foizi qarshi ovoz berishlarini aytishgan. Qolganlar “bilmayman” javobini tanlagan.

«Men yangi ovoz berish tarafdorlarini topdim va ikki yildan oshiq muddat ichida qo‘lga kiritiladigan mustaqillikni birinchi qadamini qo‘ydim», deydi Ashkroft, Boris Jonsonning bosh vazirlikka nomzod bo‘lishiga qarshi chiqqan konservator.

O‘tgan oy Tereza Mey o‘rniga bosh vazir bo‘lgan Boris Jonsonga Shodlondiya bosh vaziri Nikola Sterjen Londonni yana bir referendum o‘tkazishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgani yoqmagan edi.

Agar yana bir referendum bo‘lib, Shotlandiya mustaqillikka erishsa, bu Buyuk Britaniya uchun bir asr oldin Irlandiya mustaqillikka erishganidan beri sodir bo‘lgan eng katta zarba bo‘ladi.

Hozirda rasmiy London Breksit jarayoni bilan band.

Kiritildi: 06:30 06.08.2019. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik