Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri konservatorlar yetakchisi lavozimidan chetlatildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri konservatorlar yetakchisi lavozimidan chetlatildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Nadim Zaxavini Konservativlar partiyasi raisi lavozimidan olib, vazirlar mahkamasidan chetlatdi.

“Mustaqil tekshiruv yakunida vazirlik kodeksining jiddiy buzilishi aniqlandi. Natijada sizni Janobi Oliylari hukumati tarkibidan chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qilaman”, — deyiladi Sunak Zaxaviga yuborgan xabarda.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, Zaxavi davlat lavozimini egallab turib, soliq sohasida qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.

Nadim Zaxavi 5 million funt sterling atrofida soliq qarzi borligi aytilmoqda.

Kiritildi: 18:45 29.01.2023. O'qildi: 3536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!