Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya AQShning Avstraliya bilan kelishuvga erishish niyatidan xavotirda

Buyuk Britaniya AQShning Avstraliya bilan kelishuvga erishish niyatidan xavotirda

AQSh Avstraliya bilan yadroviy bo‘lmagan uskunalarga ega atom suv osti kemalarini qurishni nazarda tutuvchi kelishuvni qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

"Pentagon Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan 2021 yilgi AUKUS suv osti kemasi shartnomasini ko‘rib chiqishni boshladi, bu esa Xitoy bilan keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda xavfsizlik shartnomasini shubha ostiga qo‘yadi", — deyiladi nashrda.

AUKUS kelishuvi Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasida 2021 yil sentyabr oyida Hindiston-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tuzilgan. Kelishuv doirasida mamlakatlar birgalikda ilg‘or harbiy texnologiyalarni ishlab chiqish, jumladan, Avstraliya uchun yadroviy bo‘lmagan uskunalarga ega atom suv osti kemalarini yaratishni rejalashtirgan.

Nashr ta’kidlaganidek, bu tahrir London va Kanberrada xavotir uyg‘otdi. Ayni paytda, AUKUS kelishuvi Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab qonunchilar va ekspertlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa-da, ba’zi tanqidchilar bu mamlakat xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin, deb hisoblashadi, chunki "AQSh harbiy-dengiz kuchlari Pekin tahdidi ortib borayotgan bir sharoitda ko‘proq suv osti kemalarini ishlab chiqarish uchun kurashmoqda".

Hozirda Avstraliya 2030 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan AUKUS shartnomasi bo‘yicha bitta suv osti kemasini olmagan.

Kiritildi: 07:10 12.06.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!