Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxorolik qonunbuzar ayol zararni qoplab, jazodan qutulib qoldi

Buxorolik qonunbuzar ayol zararni qoplab, jazodan qutulib qoldi

Romitan tumanida yashovchi Shodiya Inoyatova Rossiya davlatida ishlab topgan puliga zamonoviy uylar qurib, turli xil elektr jihozlari bilan jihozladi. Elektr jihozlarini ishlatish unga qimmatga tushishini o‘ylab oson yo‘lni qidirdi. Shunday qilib, SH.Inoyatova 1100 Vattli “SAMSUNG” rusumli mikroto‘lqinli pech, 115 vattli “Biryusa” rusumli muzlatgich, 150 vattli “PHILIPS” rusumli televizor,  3500 Vattli “GREE” rusumli kondisioner, 700 vattli “SHIMGE” rusumli suv nasosi, 2000 vattli “ROYAL” rusumli suv isitish qozoni va boshqa elektr jihozlarini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, foydalanib keldi va hech kim sezmaydi qabilida ish tutdi.

Byuroning Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Shodiya Inoyatovaning xonadonida o‘tkazilgan monitoringda uning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

SH.Inoyatova tomonidan ta’minotchi korxona manfaatiga 25 345 500 so‘m yetkazilgan zarar ixtiyoriy qoplanganligi bois, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha 22.08.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad qilindi.

Kiritildi: 17:56 27.09.2019. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!