Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxorolik Juletta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi

Buxorolik Juletta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi

Ichki ishlar organlariga Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro, 61 yoshli Ra’no D.dan ariza kelib tushdi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U o‘z murojaatida Juletta X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, Juletta Ra’noning o‘g‘lini Janubiy Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 dollarni olib, va’dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli Juletta hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, u Ra’nodan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini tan olgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumonlanuvchining xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlandi. Jumladan, Julettaga ishongan yana olti kishi hozirda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor. Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:00 13.08.2018. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!