2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ali Romitaniy” masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda bo‘lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tegov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.