Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buxorodagi ayrim ko‘chalarda maksimal tezlik 60 km etib belgilanadi

Buxorodagi ayrim ko‘chalarda maksimal tezlik 60 km etib belgilanadi

Buxorodagi ayrim ko‘chalarda maksimal tezlik 60 km etib belgilanadi. Bu haqida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 66-sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada Buxoro shahridagi I.Karimov, M. Iqbol, Namozgoh, Ibn Sino, B.Naqshband hamda Navoiy shoh ko‘chalarida transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligini soatiga 60 km etib belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.

“Shaharda o‘tgan 9 oy davomida yo‘l-transport hodisalarining 52 tasi tezlikni oshirish oqibatida sodir etilib, hodisalarning 9 tasi o‘lim bilan yakunlangan”, - deydi viloyat IIB YHXB boshlig‘i Anvar Ahmedov.

Buxoroda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari tahlillaridan kelib chiqib, viloyat maxsus komissiyasi yuqori tezlikni soatiga 60 km etib belgilash yuzasidan taklif kiritdi.

Mazkur taklif deputatlar tomonidan ma’qullandi. Taklifni tasdiqlash uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, ko‘chada harakat tezligini 60 km.soat etib belgilash taklifi dastlab Toshkent shahar kengashi tomonidan berilgan edi. Unga ko‘ra, poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY) ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, Andijon viloyat Kengashi qirq uchinchi sessiyasida ham viloyatdagi 52 ta ko‘chada harakat tezligini 60 km.soat etib belgilash taklif etildi. Andijon viloyati IIB YHXB taklifiga asosan, viloyatning bir qator hududlarida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida“Yuqori tezlik cheklangan“ (60 km/soat) ĭŭl belgilari o‘rnatiladi.

Viloyatda ŭtgan 9 oĭi davomida viloyatda 584 ta ĭŭl-transport hodisalari qaĭd etilgan. Ushbu ĭŭl-transport hodisalarida 117 nafar fuqaro halok bŭlgan, 477 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.

Kiritildi: 14:20 27.10.2022. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!