Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda yangi xalqaro aeroport ishga tushiriladi

Buxoroda yangi xalqaro aeroport ishga tushiriladi

"Havo darvozasi" 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, amaldagi aeroportning quvvati (soatiga 400 nafar yo‘lovchi) yetarli emasligi sababli, shahar tashqarisida — Buxoro tumani “Nometan” MFY hududida yangi aeroport qurilmoqda.

Yangi terminal soatiga 1 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aeroportda samolyotlar uchun 20 ta to‘xtash joyi, uchta burilish yo‘lagi hamda bitta magistral yo‘l barpo etiladi. Shu orqali haftasiga 100 tadan ortiq aviareyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi aeroport ishga tushishi bilan bir yilda 17 mingdan ortiq aviareys amalga oshirilishi va 2,5–3 million nafar yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratilishi aytilmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 226 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 09:48. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!