Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda yana bir noqonuniy yer oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Buxoroda yana bir noqonuniy yer oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoroda ham yer uchastkalarini egallab olish yoki oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash maqsadida Ichki ishlar organlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022 yil 4 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar G‘oziyon mahallasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan B.A. hamda Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan I.I. lar oldindan til biriktirib, Vobkent tumani Rovkent mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan J.D. ni aldab, Kogon tuman «Beklar» mahallasi hududida joylashgan «Z.CH.A.» xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan issiqxona yer maydonidan 0,15 ga bo‘lgan yer maydonini vakolatli tanishlari orqali uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, ushbu yer maydonini 16.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, Buxoro shahar «Otbozor» mahallasi hududida oldindan kelishilgan puldan kimyoviy ishlov berilgan 10000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:50 26.08.2022. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!