Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda Tibbiyot birlashma rentgenchilari jinoyat ustida ushlandi

Buxoroda Tibbiyot birlashma rentgenchilari jinoyat ustida ushlandi

Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro SH.J. viloyat IIB O‘XB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Nodir va Ilxom ismli shaxslar, tanishlari orqali uni Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga haydovchi lavozimiga ishga joylashtirish evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni so‘rayotganligini, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ichki ishlar vazirligi O‘XB Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi va va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan 2019 yil 03 aprel kuni fuqaro SH.J.ning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Shofirkon tumani Nurafshon mahallasida yashovchilar, 1996 yilda tug‘ilgan Q.N. va 1965 yilda tug‘ilgan A.I.lar (ikkalasi ham tuman tibbiyot birlashmasi rentgenchisi bo‘lib ishlaydi) Shofirkon tumani Markaziy kasalxonasi oldida fuqaro SH.J.dan 300 AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Buxoro viloyat IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi b bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:41 08.04.2019. O'qildi: 2672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!