Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda “Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘i" qayta ta’mirlanadi

Buxoroda “Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘i" qayta ta’mirlanadi

2004 yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan madaniyat va istirohat bog‘ining hozirgi ahvoli qanday? Buxoroda joylashgan bu ko‘ngilochar maskan uchun kim javobgar?

Ma’lum bo‘lishicha, 24,5 gektardan ortiq yer maydonini egallagan bog‘ hozirgi kunga kelib qarovsiz ahvolga tushib qolgan. Bu bog‘ tarixi aslida XX asrning 30 yillariga borib taqaladi. Bog‘dagi bugungi holatni viloyat hokimining o‘zi tekshirdi.

Mazkur istirohat bog‘i direksiyasi rahbari Shokir Yuldashev bog‘ haqida o‘z fikrlarini aytdi:

— Bu bog‘ bir paytlar 10 ming kishigacha mijozni qabul qilgan va ularga madaniy — ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatgan. Istirohat bog‘ining 8 ta kirish darvozasi bor, ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, ko‘l va yozgi amfiteatri bilan birga, 50 ga yaqin atraksion va o‘yin qurilmalari mavjud. 2015 yilda bog‘da olib borilgan so‘nggi ta’mirlashda balandligi 24 metrli arg‘imchoq shaharning boshqa qismidagi "Paxtaoy" (hozirgi "Sitora") bolalar bog‘iga ko‘chirilgan, uning o‘rniga yangi va mustahkam 30 metrli charxpalak o‘rnatilgan.

Afsuski, bog‘ning fayzi yo‘qolgan, "Shohrud' arig‘idan tortilgan suv ta’minoti yaxshi bo‘lishiga qaramay, maskan devorlariga yaqin ariqda suv oqmaydi. Eng achinarlisi, bu yerda qo‘lansa hid bilan bog‘liq muammoga duch kelish bilan birga, xavfsizlik choralariga hech kim kafolat bera olmaydigan 6 metrli sun’iy ko‘l ham o‘rin olgan.

Shuningdek, bog‘da 17 yil avval ta’mirlashdan chiqarilgan 300 metrdan ortiq maydonda barpo qilingan favvora ham 6 yildirki yaroqsiz holatga kelgan. Favvora yonida joylashgan 500 o‘rinli amfiteatr sahnasi ham achinarli holatda. Yonidagi ko‘chma do‘konlarning mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida zanglagan qoplama sirtini o‘t-o‘lanlar bosib ketgan.

Sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilinmagan hojatxonaning tashqi va ichki ahvoli ham qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan.

Direksiyaning hozirgi holati bo‘yicha hisobotida shunday deyiladi:

“2004 va 2015 yillardagi ta’mirlash ishlari to‘liq homiylik asosida amalga oshirilgan. Natijada 7 kishidan tarkib topgan direksiya obodonlashtirish ishlariga javobgar bo‘lgan. Ma’muriyatdan tashqari bog‘da 1 ta shtat birligida bog‘bon va 2 ta shtat birligida farrosh ishlayapti. Qolaversa, ma’muriyat xo‘jalik hisobida faoliyat yuritmoqda. Bu yilda jami 50 dan ortiq tadbirkor bilan tuzgan 300 million so‘mlik ijara shartnomasi hisobidan ishchilarga oylik maosh berib, davlat oldidagi soliqlar to‘langan. Birgina elektr energiyasining yillik to‘lovi 4,4 million so‘m atrofida hisoblangan”.

Xususan, viloyat hokimining o‘rganishlaridan so‘ng bog‘ning o‘zida Buxoro shahar hokimi nuqson va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish, undagi sun’iy ko‘l, favvora, amfiteatr va boshqa tarmoqlarini qayta ta’mirlab, zamonaviy dizaynini shakllantirish va buning uchun moliyaviy mablag‘ ajratilishini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga bog‘ni yangicha ko‘rinishga keltirish masalasida qat’iy topshiriq va tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 01:48 21.10.2021. O'qildi: 3207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!