Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda sodir etilgan yana bir o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Buxoroda sodir etilgan yana bir o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Qorovulbozor tumani IIB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yil 23 iyun kunidan 6 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida noma’lum shaxs Qorovulbozor tumani «Navbahor» mahallasi hududida joylashgan «Nazir Dilshod» va «Faxriddin Fayoz» fermer xo‘jaliklari dala yerlaridan, «AGROTEXNOLOGU» MCHJga tegishli har bir rulonining bahosi 980.000 so‘mlik jami 40 rulondan iborat tomchilab sug‘orishga mo‘ljallangan lentalarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, MCHJga jami 39.200.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir qator tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.

Olib borgan surishtiruv va tergov harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Jondor tumani Hazorman qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.M. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 21:50 04.09.2022. O'qildi: 3741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!