Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda sifat nazoratidan o‘tmagan go‘sht mahsulotlarining sotilishiga chek qo‘yildi

Buxoroda sifat nazoratidan o‘tmagan go‘sht mahsulotlarining sotilishiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi hamda Jondor tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Bunda, Jondor tumani «Xumdonak» mahallasi hududidagi savdo do‘konlarida oziq-ovqat, go‘sht va sut mahsulotlarining sotilishida veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida sifat nazoratidan o‘tmagan jami 110 kg og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari sotilishining oldi olinib, qonunbuzar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 09:45 12.08.2022. O'qildi: 1879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!