Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda qidiruvga berilgan talonchi Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Buxoroda qidiruvga berilgan talonchi Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Buxoroda qidiruv e’lon qilingan talonchi Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

"2020 yil 12 oktyabr kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbirlari davomida, Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 46,166-moddasi (talonchilik) 3-qismi va 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud idoralaridan yashirinib yurganligi uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan 2020 yil 23 sentyabr kunidan qidiruv e’lon qilingan, Romitan tumani Tarnaut MFYda ro‘yxatda turuvchi, 1984 yilda tug‘ilgan SH.A. ning Toshkent shahrida yurganligi to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotlar asosida, yashirinib yurgan joyi aniqlanib, qo‘lga olindi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Probasiiya va Jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:01 13.10.2020. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!