Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda ota bolaning davolanishi uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirib yubordi

Buxoroda ota bolaning davolanishi uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirib yubordi

Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi fuqaro SH.M. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

📝 Murojaatda SH.M. 2018 yilda tug‘ilgan qizi M.M. Respublika bolalar onkologiya va gematologiyasi markazida davolanayotganligini va unga «o‘tkir leykoz» tashxisi qo‘yilganligini, bolaning otasi T.J. qizni davolatishdan bosh tortib, moddiy ta’minot bermaganligini, aksincha ota bolaning davolanishi uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirganligini bildirgan.

Bundan tashqari, ayol ota farzandi va unga ruhiy tazyiq o‘tkazayotganligi, bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilganligini bildirib, uni va farzandini otasining tazyiqlaridan himoya qilishda yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining Ijtimoiy himoya milliy Agentligi va Ichki ishlar vazirligiga kiritgan so‘roviga asosan mazkur holat G‘ijduvon tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida fuqaro SH.M. va voyaga yetmagan M.M. ga 1 oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirilib, otaning ruhiy zo‘ravonlik harakatlariga chek qo‘yildi

Kiritildi: 19:50 29.04.2024. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!