Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Bugun, 25 yanvar kuni ijtimoy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanidagi sport majmuasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video joylandi.

Mazkur hodisa Qorovulbozor tumani IIB da belgilangan tartibda qayddan o‘tkazilib, mas’ul xodimlar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu holat Qorovulbozor tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabining 8 va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Hozirda hodisa ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, tashqi tomondan bolalarning birortasida tan jarohati alomatlari mavjud emas.

Ularining tan jarohati olgan olmaganliklarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha holat ishtirokchilarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi.

Kiritildi: 21:52 25.01.2023. O'qildi: 3645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!