Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda fermerlarni shantaj qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

Buxoroda fermerlarni shantaj qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

Buxorolik fermer va uning ishchisi Navoiy shahrida Muhayyo (ismi o‘zgartirildi) bilan tanishishadi . Keyin esa qayta tanishishadi va yana...

Garchi tanishlari bezor bo‘lsa ham ayol ularning fermer xo‘jaligiga oyma-oy borib turar, yeb-ichishi hamda kiyinishiga pul berib turmasa, tanishuv lar aks etgan videotasvirlarni internetga joylashtirib, oilasi va mahallasi oldida sharmandasini chiqarishini aytib qo‘rqitardi.

Shu yo‘l bilan Muhayyo ijarada turgan uyini ta’mirlatib, fermerlardan televizor undirdi. Tabiiyki, oyma-oy to‘lab borilgan ijara pullari buning ichiga kirmaydi.

Navbatdagi safarlardan birida Muhayyo Sattor ismli qarindoshi bilan keladi. Kelishdan ko‘zlangan maqsad uning ko‘ngli avtomashinalik bo‘lishni tusayotgani ekan. Sattor topgan Matiz ning pulini to‘lab berishsa, tinch qo‘yishini aytadi.

27 million so‘mlik dastlabki to‘lovni amalga oshirgan fermerlar qolgan 20 million so‘mni bir oy ichida to‘lash shartiga rozi bo‘ladi.

Buxoro tumanilik fermerlarning viloyat IIB boshlig‘iga qilgan murojaati asosida Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi, deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov. Tadbirda yuqorida ismlari o‘zgartirilgan holda keltirilgan fuqarolar Matiz uchun 47 million so‘mlik to‘lovning qolgan 20 million so‘mini olayotgan paytlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Xalq so‘zi nashri xabariga ko‘ra, ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:31 04.02.2019. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!