Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Buxoro viloyati Buxoro tumanida uch kunlik chaqalog‘ini to‘rt ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 6 aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijasida mazkur jinoyatning oldi olingan.

Xabarga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan, Buxoro tumanida yashovchi fuqaro hali uch kunlik bo‘lmagan qiz farzandini g‘arazli maqsadda sotishga uringan.

U chaqaloqni 4 ming dollarga sotishni rejalashtirib, shartli mijozdan kelishilgan pulning 800 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) uchinchi qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!