"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shofirkon tumanida yakka tartibdagi tadbirkor H. K. ga qarashli binoda yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 630,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.