Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoro tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Buxoro tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyat boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro tuman hokimiyatining tasarrufida bo‘lgan 10,8 sotix zaxira yer maydonini sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 23 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 17:18 04.03.2021. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!