Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabar tarqaldi.
🟡 Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
📌 Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi☑️.
🖇 Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi.
📍Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.