Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Buvayda-Pop” temiryo‘lida yuk poyezdi urib ketgan piyoda vafot etdi

“Buvayda-Pop” temiryo‘lida yuk poyezdi urib ketgan piyoda vafot etdi

2019 yilning 11 mart kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Buvayda-Pop temiryo‘lining 29-kilometri 3-piketida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi Namangan viloyatining Pop tumanida Navbahor mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ni urib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan yigit hayotdan ko‘z yumdi.

Qo‘riqlanadigan temiryo‘l kesishmalari, o‘tish joylarida poyezd, avtomobil va yo‘lovchilar harakati tunu kun nazoratda bo‘ladi va bunday halokatlarga yo‘l qo‘yilmaydi, deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasining transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori leytenant J.Boltaboyev.

Lekin afsuski, mamlakat bo‘ylab cho‘zilgan temiryo‘llarning har qadamida bunday nazorat o‘rnatishning imkoni yo‘q. Mazkur holatda ham fuqaro temiryo‘lning aholi maskani hududidan o‘tgan qismida, aynan temiryo‘l ustidan yurib ketayotgan bo‘lgan.

Bu hodisa yuzasidan viloyatning temiryo‘l o‘tgan bir qator tumanlaridagi mahallalarda, jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumanining Oqtosh, Qodirobod, Sohilobod mahalla fuqarolar yig‘inlarida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazilib, aholi vakillari bilan voyaga yetmaganlar tomonidan temiryo‘llarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ehtiyotsizliklar va ularning jismoniy va huquqiy oqibatlari haqida suhbat o‘tkazildi.

Yuqoridagi holat yuzasidan esa tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:23 12.03.2019. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!