Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq shahrida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgan D.A. boshqa bir fuqaro SH.ga jami 5 200 AQSh dollarini 57 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Paxtakor tuman bo‘limi, viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgan A.N. boshqa bir fuqaro J.ga jami 3 500 AQSh dollarini 38,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.