Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bo‘stonliq tumanida tuproq jinslarini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi

A A A
Bo‘stonliq tumanida tuproq jinslarini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.E`." fermer xo‘jaligi rahbari SH.R. va “B.S.” MCHJ rahbari V.F. o‘zaro til biriktirib, ushbu fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 24,6 ming kub metr tuproq jinslarni qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 422,1 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:35 13.07.2024. O'qildi: 1731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!