Burundi Oliy sudi sobiq bosh vazir Alen-Giyomu Bunyoni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Agence France-Presse manbasiga tayanib xabar berdi .
Unga ko‘ra,Bunyoni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish va prezident hayotiga tahdid solganlikda ayblangan.
Bunyoni 2022 yil sentyabrda Bunyoni prezidenti Evarista Ndayishimiye buyrug‘i bilan bosh vazirlik lavozimidan chetlashtirilgan edi. Siyosatchi ikki yildan sal ko‘proq vaqt davomida bosh vazirlik kursisini egallab kelgan. Ndayishimiye o‘z qarorini Bunyoni hukumatidagi nufuzli amaldorlar davlat to‘ntarishini rejalashtirayotgani bilan izohladi. Biroq o‘shandan beri davlat rahbari sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini oshkor qilmadi.