Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bukingem saroyi 200 yil ichida birinchi marotaba rasmlar to‘plamini taqdim etmoqda

A A A
Bukingem saroyi 200 yil ichida birinchi marotaba rasmlar to‘plamini taqdim etmoqda

Qirollik san’at asarlari to‘plami 200 yil ichida birinchi marotaba keng omma e’tiboriga taqdim etiladi.

Unda Yelizaveta  IIning sevimli asarlarini ko‘rish mumkin.

"Ikki asr davomida Bukingem saroyining tantanali zallaridan birining devorlariga osib qo‘yilgan Rembrandt, Rubens, Tisian, Vermeer, van Deyk, Kanaletto va boshqalarning asarlari qabulga taklif qilinganlarning hayratini uyg‘otib kelmoqda", deb yozadi Britaniyaning “The Guardian” nashri.

Ta’kidlanishicha, dunyoning eng mashhur badiiy kolleksiyalaridan biri saroy ichidagi ta’mirlash ishlari sabab birinchi marotaba galereyada namoyish etiladi. Istalgan kishi Bukingem saroyining g‘arbiy qanotida joylashgan ko‘rgazmaga chipta sotib olish orqali tashrif buyurishi mumkin.

Kiritildi: 03:00 19.08.2020. O'qildi: 3629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!