Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Bukhara Night Race” xalqaro marafoni uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

“Bukhara Night Race” xalqaro marafoni uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Joriy yil 24 avgust kuni Buxoroda “Samarkan Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi doirasida uchinchi bor “Bukhara Night Race” poygasi o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda aynan shu shaklda o‘tkazilayotgan bu ilk noodatiy tungi poygani qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizning barcha hududlari va xorijdan atletlar, havaskor yuguruvchilar yetib keladi.

Sportchilar belgilangan masofani shaharning tarixiy qismi bo‘ylab, tillarda doston bo‘lgan diqqatga sazovor maskanlar, masjid va madrasalar, karvonsaroy, betakror ko‘hna inshootlar uzra bosib o‘tishadi.

Ayni payt 5 va 10 kilometr masofaga yugurish, shimoliy, ya’ni skandinavcha yurish hamda 4 yoshdan oshgan bolajonlar poygasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Shuningdek, dasturni plogging – yugurish asnosida maydonni chiqindidan tozalash tadbiri ham mazmunan boyitadi.

Eko-ploggingda 16 yoshdan kattalar, ota-onalar esa farzandlari bilan yonma-yon qatnashishi mumkin. Poyga yakunida plogging ishtirokchilari orasidan hamkorlar homiyligi sovrinlari egalari aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil “Bukhara Night Race” tadbirida dunyoning 20 mamlakatidan 1600 nafardan ziyod sportchi qatnashgan. Bu gal ishtirokchilar soni 3000 kishini tashkil etishi kutilyapti.

Kiritildi: 17:31 07.07.2024. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!