Bugundan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi pasaytirilishi munasabati bilan, onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali beriladigan fiskal cheklarda stavkasi 12 % ko‘rsatilishi kerak. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xo‘jalik yurituvchi subektlar nazorat kassa texnikasi (NKT) dasturiga o‘zgartirish kiritish uchun texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xizmatiga murojaat qilishlari lozim.
Bu haqda:
TXKM va NKT ishlab chiqaruvchilari;
elektron to‘lov tizimlari operatorlari va marketpleslar;
tijorat banklari
shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborildi.
Fiskal chekda quyidagi ma’lumotlar aks ettitiriladi:
tadbirkorlik subekti nomi va STIR;
chek berilgan sana va vaqt;
MXIK (tovar va xizmatlarning identifikasiya kodi) va o‘lchov birligi;
QQS stavkasi va summasi;
to‘lov turi (naqd/bank kartasi orqali/aralash);
fiskal modulning unikal raqami;
fiskal belgi;
QR-kod.
va boshqa zarur ma’lumotlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab QQS miqdori 12%ga tushirilishi ma’lum qilingandi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi.