Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bugun O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?

Bugun O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo saqlanib turadi, ushbu hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° iliq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 08:03 19.04.2021. O'qildi: 4771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!