Bugun Turkiya Otaturkni xotirlash kuni va Yoshlik va sport bayramini nishonlamoqda (Atatürk'ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı).
1919 yil 19 mayda Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Samsun shahrida yoshlarga murojaat qilib, mamlakat hududining bir qismini bosib olgan bosqinchilarga qarshi kurashga safarbarlik e’lon qildi. Bu murojaat Turkiya Respublikasi tashkil topgan milliy ozodlik urushining boshlanishi edi.
Keyinchalik bu kun Yoshlar kuni deb nomlandi.
Shu kuni butun Turkiya bo‘ylab va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida bayram tadbirlari tashkil etiladi.