Kinematografiya agentligi ijodkorga uzoq umr, ijodiy barkamollik, baxt va omad hamisha yor bo‘lishini tilaydi!
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov 1984 yil 25 avgustda Toshkentda tug‘ilgan. U taniqli mumtoz xonanda Ma’murjon Uzoqovning nevarasidir. Otasi Muhammadjon Uzoqov aktyor va xonanda bo‘lgan. Onasi Shohida Uzoqova ham aktrisa bo‘lib, u bilan bir necha filmda, jumladan “So‘nggi lahza” (2009), “Tundan tonggacha” (2009), “Mening akam bo‘ydoq!” (2011), "Uchrashuv" (2011), “So‘nggi qo‘ng‘iroq” (2012) hamda “Tundan tonggacha davom etadi...” (2012) filmlarida birga rol ijro etgan.
U hozirgacha “Mening akam bo‘ydoq!” (2011), “Endi dadam bo‘ydoq?” (2012) hamda “Kuzda gullagan daraxt” (2015) filmlariga rejissyorlik qildi.
U shuningdek, "Nahotki", "Oshno", “Oshiq yurak” singari musiqiy taronalarni ham ijro etgan.